"U charchadi". Topuriya Maxachevning UFC'da yarim o'rta vaznga o'tishi sababini aytdi
24 IYUN, 2025, 15:32
UFC sobiq chempioni Iliya Topuriya Islam Maxachevning yarim o'rta vazn (77 kg gacha) divizioniga o'tishi haqida fikr bildirdi."Islam mendan qochmoqda deb o'ylamayman. Agar adekvat bo'lmasam, u bu jangni xohlamaydi deb aytishim mumkin edi. Lekin men bunga ishonmayman. U vazn tashlashdan charchadi. Unga yangi chaqiriq kerak — shuning uchun ham u yarim o'rta vaznga o'tdi", — dedi Topuriya Ariel Xelvani podkastida.
Manba: olamsport.com
