logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 04:15
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Millatlar ligasi. Portugaliya Germaniyani mag'lub etdi, hal qiluvchi golni Ronaldu urdi (videosharh)

 17 IYUN, 2025, 01:00

UEFA Millatlar Ligasi yarim final bahsi yakunlandi. Unda Germaniya va Portugaliya terma jamoalari o'zaro to'qnash kelishdi. Uchrashuv Germaniyaning Myunxen shahrida joylashgan «Arena Myunxen» stadionida bo'lib o'tdi. Uchrashuv 2:1 hisobida Portugaliya foydasiga yakunlandi.

48-daqiqada Florian Virts Germaniyani hisobda oldinga olib chiqdi. 63-daqiqada Shiku Konseysau hisobni tenglashtirdi. Ordan 5 daqiqa o'tib, Krishtianu Ronaldu hal qiluvchi golni urdi va Portugaliyaga final yo'llanmasini ta'minlab berdi.

Yarim finalning ikkinchi juftida Ispaniya va Frantsiya termalari o'zaro to'qnash keladi. Ushbu uchrashuv 5 iyun kuni bo'lib o'tadi..

Millatlar Ligasi finali 8 iyun kuniga belgilangan. Uchinchi o'rin uchun bahs shu kuni 18:00 da start oladi.

UEFA Millatlar Ligasi. A ligasi. 1/2 final
2025 yil 4 iyun, chorshanba
«Arena Myunxen», Myunxen
Germaniya - Portugaliya - 1:2
Gollar: 1:0 — Virts (48'), 1:1 — Konseysau (63'), 1:2 — Ronaldu (68')

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ