logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 16:48
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Dana Uayt UFC va boksdagi gonorarlarni taqqosladi: "Har kim ekkanini o'radi"

 11 SENTYABR, 2025, 09:48

UFC rahbari Dana Uayt professional boks va UFC`dagi gonorarlarni taqqoslayotganlarning fikriga qo'shilmasligini malum qildi.

Dunyoning eng kuchli ligasi rahbarining so'zlariga ko'ra, juda kamdan-kam bokschilar katta gonorar oladi, UFC’da esa pul butun roster bo'ylab teng taqsimlanadi. Bundan tashqari, Uayt uning tashkilotida chempion bo'lmagan, ammo katta tajribaga ega jangchilar ko'pincha millionlab pul ishlashini takidladi.

"Bunday pul topadigan bokschilarning juda oz qismi bor. UFC’ga qaraydigan bo'lsak, pullar barcha jangchilar o'rtasida tengroq taqsimlanadi. Agar siz Konor MakGregor yoki Ronda Rouzi kabi yulduz bo'lsangiz, bu boshqa masala - ko'pchilik pullik translyaciyalarni sota olishini allaqachon isbotlagan va shunda siz topganingizni olasiz. Bundan tashqari, bizda boksda "jornimen" deb ataladigan jangchilar bor, lekin ular millionlab dollar ishlab topishadi. SHunday ekan, jangchilarga adolatsiz to'lovlar to'g'risidagi barcha gap-so'zlar mutlaqo haqiqatga to'g'ri kelmaydi," - dedi Uayt Vegas PBS telekanaliga bergan intervyusida.

SHuningdek, tashkilot prezidenti uning jangchilariga o'z gonorarlarini omma oldida muhokama qilish va oshkor qilish taqiqlangani haqidagi malumotni rad etdi.

- Ulardan so'rang, bu haqda gapirish mening vazifam emas. Bunga hech qanday taqiq yo'q. Ularning hammasi xotirjamlik bilan qancha maosh olishlari va ularga qancha to'lashgani haqida to'liq intervyu berishlari mumkin edi. Lekin ular qancha maosh olishlarini bilishingizni istashmaydi. Odamlar qancha pul topganingni bilishsa, hayot ancha murakkablashadi. Millionlab pul ishlab topganingni bilgach, sadaqa so'raydigan odamlar paydo bo'ladi. Siz har qanday jangchidan intervyu olishingiz mumkin - ular sizning oldingizda o'zlarining to'lov tizimlarini yoyishlari mumkin. Ammo g'alati tomoni shundaki, ularning hech biri bunday qilmaydi," - deya tushuntirdi Uayt.



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ