logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 04:21
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Braziliya terma jamoasi Anchelotti boshchiligidagi ilk o'yinda Ekvadorni mag'lub etolmadi (videosharh)

 17 IYUN, 2025, 01:00

JCh-2026 saralash bosqichi doirasida Janubiy Amerika mintaqasining 15-turidan o'rin olgan Ekvador — Braziliya uchrashuvi yakunlandi. Uchrashuvda hisob ochilmadi.

Ushbu bellashuv Braziliya terma jamoasi uchun Karlo Anchelotti bosh murabbiy sifatidagi ilk o'yin bo'ldi.

Hozirgi paytda Braziliya terma jamoasi Janubiy Amerikadagi Jahon chempionati saralash bosqichi jadvalida 22 ochko bilan to'rtinchi o'rinni egallab turibdi. Ekvador esa 24 ochko jamg'arib, ikkinchi pog'onada joylashgan.

Navbatdagi turda Braziliya Paragvayga qarshi, Ekvador esa Peruga qarshi maydonga tushadi. Har ikkala uchrashuv ham 11 iyun kuni bo'lib o'tadi.

JCh-2026 — Janubiy Amerika. 15-tur
2025 yil 6 iyun, juma.
Ekvador - Braziliya - 0:0

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ