logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 13:00
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

JCh-2026 saralash. Daniya terma jamoasi Gretsiyani yirik hisobda mag'lub etdi (videosharh)

 9 SENTYABR, 2025, 06:34

Jahon chempionati–2026 Evropa saralashi 2-turidan o'rin olgan Gretsiya — Daniya uchrashuvi yakuniga etdi. Unda daniyaliklar 3:0 hisobida zafar quchdi. O'yin Pirey shahridagi «Georgios Karaiskakis» stadionida bo'lib o'tdi.

32-daqiqada Mikkel Damsgor hisobni ochdi. 62-daqiqada Andreas Kristensen jamoa ustunligini oshirdi. 81-daqiqada esa Rasmus Xoylund uchinchi golni urdi.

Bu g'alabadan keyin Gretsiya 3 ochko bilan “C” guruhi jadvalida 3-o'rinni egallab turibdi. Daniya esa 4 ochko bilan peshqadamlik qildi.

Keyingi turda Gretsiya 9 oktyabr kuni mehmonda Shotlandiyaga qarshi o'ynaydi. Daniya esa shu kuni Belarus bilan bahs olib boradi.

JCh–2026. Evropa. “C” guruhi. 2-tur
2025 yil 8 sentyabr, dushanba. 23:45
Gretsiya — Daniya — 0:3
Gollar: 0:1 — Damsgor (32’), 0:2 — Kristensen (62’), 0:3 — Xoylund (81’)

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ