logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:19
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

JCh-2026 saralash. Xorvatiya Chernogoriyani yirik hisobda mag'lub etdi (videosharh)

 9 SENTYABR, 2025, 06:34

Jahon chempionati–2026 Evropa saralashi 6-turidan o'rin olgan Xorvatiya — Chernogoriya uchrashuvi yakuniga etdi. Bellashuv Zagreb shahridagi «Maksimir» stadionida bo'lib o'tdi. Maydon egalari 4:0 hisobida ishonchli g'alaba qozondi.

35-daqiqada yarimhimoyachi Kristiyan Yakich hisobni ochdi. Unga pasni Luka Modrich uzatdi. 42-daqiqada Chernogoriya futbolchisi Andriya Bulatovich ikkinchi sariq kartochka olib, maydonni tark etdi.

51-daqiqada Andrey Kramarich hisobni oshirdi. 85-daqiqada esa mehmonlar himoyachisi Nikola Shipchich to'pni o'z darvozasiga yo'lladi. 90+2-daqiqada Ivan Perishich yakuniy hisobni o'rnatdi.

Guruh “L” jadvalida Xorvatiya 4 o'yindan keyin 12 ochko bilan peshqadam. Chexiya ham 12 ochkoga ega, ammo 5 uchrashuv o'tkazgan. Chernogoriya esa 5 o'yinda 6 ochko bilan 4-o'rinda joylashgan.

JCh–2026. Evropa. “L” guruhi. 6-tur
2025 yil 8 sentyabr, dushanba. 23:45
Xorvatiya — Chernogoriya — 4:0
Gollar: 1:0 — Yakich (35’), 2:0 — Kramarich (51’), 3:0 — Shipchich (o'z darvozasiga, 85’), 4:0 — Perishich (90+2’)
Chetlatish: Bulatovich (42’)

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ