O'zbekistonlik tadbirkor O'tkir Yusupovga Toshkent shahridan 3 xonali uy va'da qildi (video)
17 IYUN, 2025, 00:34
JCh-2026 saralash bosqichi doirasida bo'lib o'tgan BAA - O'zbekiston uchrashuvi yakunlangach, o'zbekistonlik tadbirkor Xurshid To'raev terma jamoamiz posboni O'tkir Yusupovga Toshkent shahridan uy berishini aytib o'tdi.
Tadbirkor BAAga qarshi o'yinni Abu-Dabi shahridagi stadionda bevosita tomosha qildi va o'yindan keyinoq ushbu va'dani berdi.
"O'zbekiston terma jamoasi darvozaboniga TXT kompaniyasi nomida Toshkent shahri markazida 3 xonali uy chin ko'ngildan beraman. Ta'mirdan chiqarilgan, mebel va texnika bilan ta'minlangan uyni xohlagan vaqtda borib olishlari mumkin", — dedi Xurshid To'raev.
Manba: stadion.uz
