UFC Paris: Benua Sen-Deni o'z uyidagi turnirda Ruffidan ustun keldi
7 SENTYABR, 2025, 02:32
Franciyaning Parij shahrida o'tkazilayotgan MMA bo'yicha UFC Fight Night turnirining ikkinchi asosiy bahsi nihoyasiga etdi.Engil vazn toifasida tashkil etilgan bellashuvda franciyalik Benua Sen-Deni braziliyalik Maurisio Ruffi bilan to'qnash keldi.
3 raundlik jang ikkinchi besh daqiqalikda nihoyalandi. Benua raqibini bo'g'ish usuli orqali taslim etdi.
Bu Sen-Denining faoliyatidagi 15-g'alaba bo'ldi.

Manba: olamsport.com
