logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 16:46
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Qozog'istonlik aralash yakkakurash ustasi raqamlangan UFC turnirida jang qiladi

 6 SENTYABR, 2025, 10:00

4 oktyabr kuni AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida UFC 320 turniri tashkil etiladi.

Oqshom doirasida qozog'istonlik Nikolay Veretennikov ham jang o'tkazishi malum bo'ldi. U amerikalik Punaxili Sorianoga qarshi oktagonga chiqadi. UFC`dagi faoliyatini ikki mag'lubiyat bilan boshlagan qozog'istonlik aralash yakkakurash ustasi shu yil iyul oyida oktagonga muvaffaqiyatli qaytdi. Veretennikov hakamlarning ayri qarori bilan  Fransisko Pradodan ustun keldi.

O'rta vaznda o'z janglarini o'tkazib kelgan Punaxili Soriano esa o'tgan yili yarimo'rta vaznga o'tgandi. U o'zi uchun yangi vaznda Migel Baezni ochkolar hisobiga, Urosh Medichni nokaut evaziga mag'lubiyatga uchratdi. Hozircha Veretennikov - Soriano to'qnashuvi erta prelim kardning ilk jangi bo'lib turibdi. 



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ