"Jon Jons Oq uydagi turnirning asosiy jangida chiqishga loyiq emas" - UFC tahlilchisi
4 SENTYABR, 2025, 18:00
UFC tahlilchisi CHeyl Sonnenning fikricha, Jons Oq uyda o'tadigan turnirda asosiy jangchi bo'lishi kerak emas."Barcha jangchilar Oq uy hududida o'tadigan turnirda qatnashishni xohlaydi.
Mening xayolimga Aleks Pereyra keladi. U promoushen ishonchiga sazovor bo'ldi va sadoqatini ko'rsatdi. Jon Jons esa, masalan, bu kardda asosiy bo'lishga loyiq emas. Hatto avvalgi yutuqlariga qaramay", — dedi sobiq UFC jangchisi CHeyl Sonnen.
Avvalroq UFC prezidenti Dana Uayt Oq uy hududida turnir o'tkazish bo'yicha kelishuv borligini tasdiqlagan edi.
Manba: olamsport.com
