Rio-de-Janeyrodagi UFC turnirining rasmiy posteri namoyish etildi + FOTO
31 AVGUST, 2025, 09:48
UFC promousheni tomonidan Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida tashkil etiladigan UFC Fight Night 261 turnirining rasmiy posteri tasdiqlandi.Oqshomning asosiy jangi engil vaznda braziliyalik sobiq UFC chempioni, braziliyalik 35 yoshli CHarlz Oliveyra hamda ushbu divizion reytingida 10-o'rinni egallab turgan ozarbayjonlik Rafael Fiziev o'rtasida bo'lib o'tadi.
Malumot uchun, 32 yoshli "Ataman" Fiziev professional MMAda 2015 yilda debyut qilgan. Hisobida 13 g'alaba va 4 mag'lubiyat bor. Oliveyra 2008 yilning martidan beri professional MMAda. CHarlz oktagonda 35 g'alaba, 11 mag'lubiyat qayd etgan. Uning ishtirokidagi bitta jang o'tkazilmagan deb topilgan.

Manba: olamsport.com
