Joau Nevesh 8 daqiqa ichida «chalqancha» uslubda 2 ta gol urdi (video)
31 AVGUST, 2025, 07:34
«Pari Sen-Jermen» yarim himoyachisi Joau Nevesh Frantsiya chempionatining 3-turida «Tuluza»ga qarshi bahsda (6:3) xet-trik qayd etdi. Portugaliyalik futbolchi urgan uchta goldan ikkitasi 7-daqiqadan 15-daqiqagacha bo'lgan vaqt oralig'ida «chalqancha» uslubdagi zarbalari bilan kiritildi.
Qayd etilishicha, Evropaning top-5 ligalari zamonaviy tarixida bu kabi holat ilk marta sodir bo'ldi.
Eslatib o'tamiz, bu Neveshning professional karerasidagi birinchi xet-triki bo'ldi. U o'tgan mavsum Frantsiya chempionatida jami 3 ta gol urgan. Umuman olganda, «PSJ» tarkibidagi 61 ta o'yinda 10 ta gol va 10 ta assist qayd etgan.
Manba: stadion.uz
