logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 22:20
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Saudiya chempionati. Ronaldu penalti gol urgan va Feliks xet-trikka erishgan o'yinda «An-Nasr» yirik hisobda g'alaba qozondi (videosharh)

 30 AVGUST, 2025, 06:34

Saudiya Arabistoni chempionati 2025/2026 yilgi mavsumi 1-turidan o'rin olgan «At-Taavun» — «An-Nasr» uchrashuvi yakunlandi. Bellashuv mehmonlar foydasiga 5:0 hisobida tugadi.

Uchrashuv boshidayoq «An-Nasr» hujumchisi Joau Feliks hisobni ochdi. 54-daqiqaga kelib forvard Krishtianu Ronaldu penaltidan gol urib, riyodliklar ustunligini mustahkamladi. Bir daqiqadan so'ng mehmonlar yarimhimoyachisi Kingsli Koman hisobni yirik ko'rinishga olib chiqdi. 67-daqiqada Feliks dubl qayd etdi, o'yin so'ngida esa xet-trikka erishdi.

Keyingi turda «An-Nasr» 14 sentyabr kuni «Al-Xolud»ga qarshi bahs olib boradi. «At-Taavun» esa 13 sentyabr kuni «Al-Uxdud» bilan o'ynaydi.

Saudiya Arabistoni — Pro-liga. 1-tur
2025 yil 29 avgust, juma. 21:00 (MSK)
«At-Taavun» (Burayda) — «An-Nasr» (Ar-Riyod) - 0:5
Gollar: 0:1 — Feliks (7'); 0:2 — Ronaldu (54', penalti); 0:3 — Koman (55'); 0:4 — Feliks (67'); 0:5 — Feliks (87')

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ