Bundesliga. "Bavariya" o'z maydonida "RB Leyptsig" darvozasiga javobsiz 6 ta gol urdi (videosharh)
23 AVGUST, 2025, 07:00
"Bavariya" o'z maydonida Germaniya chempionatining 1-turida "Leyptsig"ni yirik hisobda mag'lub etdi - 6:0.
Xarri Keyn xet-trik, Maykl Olise esa dubl amalga oshirdi. Gol va ikkita assist Luis Dias hisobiga yozildi, Serj Gnabri 2 ta assist muallifi bo'ldi.
"Bavariya" ikkinchi turda 30 avgust kuni "Augsburg" mehmoni bo'ladi. "Leyptsig" 30 avgust kuni "Xaydenxaym"ni qabul qiladi.
Manba: stadion.uz
