Sobiq UFC chempioni Deyveson Figeredoning raqibi malum
20 AVGUST, 2025, 11:00
Braziliyalik 37 yoshli aralash yakkakurash ustasi o'z vatanida tashkil etiladigan turnirda oktagonga chiqadi.Rio-de-Janeyro shahri mezbonlik qiladigan 11 oktyabr kugi UFC Fight Night 261 turniri doirastda Deyveson Figeredoga amerikalik Montel Jekson raqiblik qiladi. Figeredo ikkita mag'lubiyatli seriya bilan kelmoqda. U Petr Yanga ochkolar hisobiga ko'ra yutqazgan bo'lsa, Kori Sendxagen bilan bo'lgan jangi tizzasidagi jarohat sabab ikkinchi raundda to'xtatilgan edi.
Taqqoslash uchun, 33 yoshli Montel Jekson ketma-ket 6 ta jangda g'alaba qozongan. So'nggi jangida Daniel Markosni taslim etgan edi. Ayni paytda Deyveson Figeredo UFC o'ta engil vazn toifasi reytingida oltinchi, Montel Jekson esa o'n beshinchi o'rinni egallab turibdi.

Manba: olamsport.com
