APL. "Liverpul" gollar shousiga aylanib ketgan o'yinda "Bornmut"ni mag'lub etdi (videosharh)
16 AVGUST, 2025, 05:00
"Liverpul" o'z maydonida APL 1-turida "Bornmut"ni mag'lub etdi - 4:2.
Uchrashuvning 37-daqiqasida mersisaydliklarning yangi a'zosi Ugo Ekitike hisobni ochdi. 49-daqiqada Ekitikening uzatmasidan keyin "qizillar" ustunligini Kodi Gakpo oshirdi.
Mehmonlar Antuan Semenoning dubli evaziga javob qaytarishga muvaffaq bo'ldi. 64 va 76-daqiqalarda ganalik futbolchi o'z hisobiga gol yozdirib qo'ydi.
Mezbonlarning g'alaba to'plarini Federiko Keza va Muhammad Saloh kiritdi.
Manba: stadion.uz
