logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:13
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Новостная лента

Konor Makgregor UFC rosteridan chiqarildi

 15 AVGUST, 2025, 07:16

Ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni ikki hafta avval - 31 iyul kuni UFC jangchilarining doping testiga qaytganini malum qilgandi.

Bugun esa irlandiyalik aralash yakkakurash ustasi dunyoning eng kuchli Ligasi jangchilari rosteridan chiqarilgan. Bunga X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog'idagi UFC Roster Watch akkaunti etibor qaratgan. Jangchi rosteriga kiritilganidan keyin olti oy davomida doping tekshiruvlaridan o'tishga majbur bo'lardi. Agar hammasi joyida bo'lsa, u 2026 yilning yanvar yoki fevral oyida oktagonga qaytishni reja qilgandi. 

Malumot uchun, 37 yoshli Konor Makgregor so'nggi jangini 2021 yilning iyul oyida Dastin Porega qarshi o'tkazib, texnik nokaut evaziga yutqazib qo'ygandi. UFC 264 turniri doirasidagi o'sha jangda Konor birinchi raundda oyog'idan jiddiy jarohat olgan edi. Makgregor hisobida 22 g'alaba va 6 mag'lubiyat bor.


comhttps://olamsport.com/uploa ... l.jpg class="fr-fil fr-dib">


Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ