logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:10
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Новостная лента

Konor Makgregor: "Xayr, PPV! Men qirol edim"

 13 AVGUST, 2025, 15:48

Irlandiyalik aralash yakkakurash ustasi Konor Makgregor UFC turnirlaridagi pullik PPV translyaciyalaridan voz kechilishiga munosabat bildirdi.

"Xayr, UFC PPV! Qirol bo'lib xizmat qilganimdan faxrlanaman", – deya yangilikka  munosabatini bildirgan ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni o'zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Avvalroq, Makgregor 2026 yilning iyul oyida AQSH mustaqilligining 250 yilligiga bag'ishlab Vashingtondagi Oq uyda o'tkaziladigan maxsus UFC turnirida oktagonga chiqishi haqida gapirgan edi.  

Malumot uchun, kuni kecha UFC va Amerikaning Paramount mediaxolding kompaniyasi o'zaro 7 yilga mo'ljallangan qiymati 7,7 milliard dollarlik bo'lgan shartnoma imzoladi. Kelishuvga ko'ra, 2026 yildan UFC turnirlarining pullik translyaciyalari bekor qilinadi.



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ