logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 22:19
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Новостная лента

Kutilmagan xabar. SHon O’Melli faoliyatini yakunlashi mumkin

 13 AVGUST, 2025, 10:16

Eng engil vazn toifasida sobiq UFC chempioni SHon O’Melli oktagonga boshqa qaytmasligi mumkinligini istisno qilmayapti.

"Agar taxmin qilishimga to'g'ri kelsa, shu yilning noyabr yoki dekabr oylarida qaytib kelaman, degan bo'lardim. Aslida bu yil yana bir jang o'tkazishni istardim, ammo bunday bo'lmasligi ham mumkin. Bundan tashqari, men boshqa hech qachon jang qilmasligim ham mumkin - hech qachon, ha bunga ishonib bo'lmaydi," - dedi amerikalik o'z podkastining navbatdagi sonida.

O’Melli bu bayonot aynan nima bilan bog'liqligiga aniqlik kiritmadi. Amerikalik aralash yakkakurash ustasi trilogiyada chempion Merab Dvalishviliga imkoniyatni boy bergandi. O'tgan yilning sentyabr oyida SHon chempionlik kamarini gruziyalik jangchiga boy berib qo'ygan bo'lsa, shu yilning iyunida chempionlik revansh jangida "Mashina"ga uchinchi raundda bo'g'ish orqali yutqazdi.

Ayni damda SHon O’Melli UFC’ning eng engil divizioni reytingida birinchi o'rinni egallab turibdi.



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ