logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 22:22
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Новостная лента

UFC mag'lubiyatli seriyadagi eski davr sportchilarining jangini elon qildi (POSTER)

 12 AVGUST, 2025, 13:16

12 oktyabr kuni Braziliyaning Rio de Janeyro shahrida MMA bo'yicha UFC Fight Night turniri o'tkaziladi.

Tashkilotchilar musobaqaning navbatdagi bahsini elon qilishdi. Yarim o'rta vazn toifasida faoliyat yurituvchi 33 yashar brazil sportchisi Visente Lyuke Riodagi turnir doirasida Argentina vakili Santyago Ponzinibbio bilan to'qnash keladi.

Avvalroq, musobaqaning markaziy jangi engil vaznning braziliyalik sobiq chempioni CHarlz Oliveyra hamda Ozarbayjon vakili Rafael Fiziev o'rtasida kechishini malum qilgandik.

Malumot uchun, Visente Lyuke faoliyati davomida 35 ta jang o'tkazib, 23 ta g'alaba, 11 ta mag'lubiyat va 1 ta durang qayd etgan. 38 yoshli Santyago Ponzinibbio hisobida esa 30 ta g'alaba va 9 ta mag'lubiyat bor. Har ikki atlet o'zlarining so'nggi chiqishlarida imkoniyatni boy berishgan.



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ