logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 23:33
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Gamper kubogi. «Barselona» «Komo»ni yirik hisobda mag'lub etdi (videosharh)

 11 AVGUST, 2025, 09:34

Joan Gamper kubogi doirasida «Barselona» «Komo» jamoasiga qarshi maydonga tushdi va 5:0 hisobida g'alaba qozondi. Uchrashuv Yoxan Kroyff stadionida bo'lib o'tdi.

Fermin Lopes Martin 21-daqiqada hisobni ochib, mezbonlarni oldinga olib chiqdi. 35-daqiqada u dublni rasmiylashtirdi. 37-daqiqada Rafinya hisobni yiriklashtirgan bo'lsa, 42-daqiqada Lamin Yamal raqib darvozasini ishg'ol etdi va 49-daqiqada u ham dubl muallifiga aylandi.

Eslatib o'tamiz, Joan Gamper kubogi — «Barselona» tomonidan har yili o'tkaziladigan o'rtoqlik o'yini hisoblanadi. Ilk marta 1966 yilda kataloniyaliklar prezidenti Enrike Lode tashabbusi bilan tashkil etilgan. Sovrin «Barselona» asoschisi va afsonaviy prezidenti Joan Gamper nomi bilan atalgan.

10 avgust 2025 yil, yakshanba.
Barselona (Ispaniya) — Komo (Italiya)   - 5:0
Gollar: 1:0 — Lopes Martin (21'), 2:0 — Lopes Martin (35'), 3:0 — Rafinya (37'), 4:0 — Yamal (42'), 5:0 — Yamal (49')

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ