logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 23:34
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Real» Evropa superkubogini beshinchi marta qo'lga kiritilganiga uch yil to'ldi (video)

 10 AVGUST, 2025, 15:00

2022 yil 10 avgust kuni «Real Madrid» Xelsinkidagi Olimpiya stadionida «Ayntraxt Frankfurt» ustidan 2:0 hisobida g'alaba qozonib, o'z tarixida beshinchi bor Evropa Superkubogi sohibiga aylandi. "Real" rasmiy sayti ushbu voqeani yodga oldi.

28 may kuni Chempionlar Ligasining o'n to'rtinchi sovrini qo'lga kiritganidan so'ng, «Real» Finlyandiya poytaxtida o'tgan ushbu bahsda yana bir qit'a musobaqasi g'alabasini qo'shib qo'ydi.

Birinchi bo'limda (37-daqiqa) Alaba hisobni ochdi, ikkinchi bo'limda esa (65-daqiqa) Benzema jarima maydoni ichidagi zarba bilan hisobni mustahkamladi.

Kazemiro o'sha o'yinning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan. Shuningdek, Tchuameni va Ryudiger «Real Madrid» safida rasmiy debyut o'yinini o'tkazgan edi.

Evropa Superkubogi 2022 yildagi to'rtinchi sovrin bo'ldi — undan oldin Ispaniya Superkubogi, La Liga va Chempionlar Ligasi yutilgan edi.

UEFA superkubogi-2022.
"REAL" - "AYNTRAXT" - 2:0
Real Madrid: Kurtua, Karvaxal (Ryudiger, 85'), Militao, Alaba, Mendi, Kasemiro, Kroos (Chuameni, 85'), Modrich (Rodrigo, 66'), Valverde (Kamavinga, 76'), Vini Junior (Sebalos, 85') va Benzema.
Ayntraxt: Trapp, Ture (Lukas Alario, 70'), Tuta, N’Dikka, Knauff, Rode (Gyottse, 58'), Sou, Kamada, Lents, Lindstryom (Kolo Muani, 58') va Borre.
Gollar:
1:0 (37-daqiqa) — Alaba
2:0 (65-daqiqa) — Benzema

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ