logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 16:25
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ:
Real Madrid Fans Uzbekistan
Chiroyli.com - Tezkor yangiliklar
Narimon Jalolov xotira turniri. “Bunyodkor” faxriylari chempion!

 26 NOYABR, 08:15 17

.

O'zbek futboli rivojiga ulkan hissa qo'shgan, hayotining so'nggi kunlarigacha O'FAda fidoyilik bilan faoliyat olib borgan tajribali mutaxassis Narimon Jalolov xotirasiga bag'ishlangan faxriylar o'rtasida turnir tashkil etildi.

Unda 60 yoshga to'lgan, turli davrlarda o'zbek futboli rivojiga katta hissa qo'shgan o'tmishning taniqli a'zolari: futbolchilar, hakamlar va murabbiylar ishtirok etishdi. Musobaqada “Bunyodkor", "Jizzax", "Surxondaryo", "Algoritm" jamoalari g'oliblik uchun kurash olib bordi. Jamoalar safidagi bir qancha taniqli nomlarni keltirib o'tamiz: “Bunyodkor” tarkibida o'tmishda rahbarlik lavozimlarida ishlagan Rahmiddin Zikriyoev va futbolchilar Aleksandr Shapran, Elbek Musaev, “Jizzax” safida sobiq hakam Komil Qilichev, Sardor Rashidov hamda Jasur Hasanov kabi futbolchilarning ustozi Usmon Muhamedshin to'p tepdi. Shuningdek, “Surxondaryo”da Eldor Shomurodovning otasi Azamat Shomurodov, viloyat futbolining taniqli faxriylari Alisher Qurbonov, Viktor Oleshnikov, Sergey Zaxarenko, “Algoritm” tarkibida Komiljon Yo'lchiboev, sobiq murabbiy Yuriy Gospadarchuk, taniqli sobiq futbolchi Anvar Boymatov maydonga chiqdi.

Yarim finalda “Jizzax”dan ustun kelgan faxriylarimiz finalda “Algoritm”ni mag'lubiyatga uchratib, bosh sovringa ega chiqdi. Ahamiyatlisi, faxriylarimiz ikki o'yinda raqib darvozasiga jami 10ta gol urdi.

Narimon Jalolov xotira turniri
Yarim final
“Bunyodkor” - “Jizzax” – 5:0
"Surxondaryo" - "Algoritm" – 1:4

FINAL
“Bunyodkor" - "Algoritm" – 5:3

Musobaqa yakunlangach taqdirlash marosimi o'tkazildi. Baxtiyor Ibragimov, Renat Enchaliev, Viktor Oleshnikov, Qahramon Abdumo'minov o'z jamoalari safida eng yaxshi futbolchi deb tan olindi va maxsus sovrinlar bilan taqdirlandi.

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR