logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 17:31
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ:
Real Madrid Fans Uzbekistan
Chiroyli.com - Tezkor yangiliklar
“Navbahor” - “Qo'qon-1912”: O'zaro o'yinlar tarixidan

 26 NOYABR, 07:45 15

.

Superliganing 26-tur doirasidan o'rin olgan “Navbahor” - “Qo'qon-1912” bahsi 27 noyabr kuni Namangan shahridagi “Markaziy” stadionida bo'lib o'tadi. “Vodiy derbisi” oldidan ushbu jamoalarning o'zaro o'yinlardagi statistik ma'lumotlari bilan tanishtirib o'tamiz.

O'zaro o'yinlar
“Qo'qon-1912” hamda “Navbahor” klublari shu kungacha 31 bor kuch sinashishgan. 7 ta uchrashuvda “Qo'qon-1912”ning qo'li baland kelgan. “Navbahor” 17 ta o'yinda g'alaba qozongan. 7 ta o'yinda durang natija qayd etilgan. To'plar nisbatida ustunlik “lochinlar” tomonida: 58-33. “Navbahor” o'zaro o'yinlarda 58 ochkoga ega bo'lgan, “Qo'qon-1912” esa 28 ochkoni qo'lga kiritgan.

Ushbu jamoalarning so'nggi oltita uchrashuvda qayd etilgan natijalari bilan tanishing:
01.08.2021 Qo'qon 1912 – Navbahor - 1:2
03.12.2020 Qo'qon 1912 – Navbahor - 1:1
28.08.2020 Navbahor – Qo'qon-1912 – 0:1
01.12.2019 Qo'qon 1912 – Navbahor - 1:1
10.03.2019 Navbahor – Qo'qon-1912 – 1:1
31.03.2018 Qo'qon 1912 – Navbahor - 1:0

"Vodiy derbi"sini Abdurashid Xudoyberganov boshqarib boradi
O'zPFL Coca Cola superligasining so'nggi turida faoliyat olib boradigan rasmiy shaxslar ro'yxatini e'lon qildi. Unga Namangandagi "markaziy" stadionida bo'lib o'tadigan "Navbahor" hamda "Qo'qon-1912" jamoalari o'rtasidagi uchrashuvni yosh va iqtidorli hakamlardan biri Abdurashid Xudoyberganov boshqarib boradigan bo'ldi. Bunga qadar Xudoyberganov jamoamiz ishtirokidagi bitta bahsda ishlagan. Navoiyda bo'lib o'tgan , superliganing 15 turidan o'rin olgan va Abdurashid Xudoyberganov boshqarib borgan "Qizilqum" - "Qo'qon-1912" jamoalari o'rtasidagi bahs 2-2 hisobidagi durang natija bilan yakunlangan edi.


Superliga.
26-tur
27 noyabr, shanba
NAVBAHOR – QO'QON-1912
Hakamlar: Abdurashid Xudoyberganov, Abduhamidullo Rasulov, Olim Abduvosilov, Farruh Yansupov
Nazoratchi: Ma'mur Saidqosimov
Komissar: Qudrat Madraimov

Boshlanish vaqtlari
"Navbahor" – “Qo'qon-1912” uchrashuvi, shanba kuni Namangan shahridagi “Markaziy” stadionida soat 15:00 da start oladi. Bugun esa ushbu jamoalarning o'rinbosarlari U-21 birinchiligi 26-turida maydonga tushishadi. Mazkur uchrashuv Namangan shahridagi “Markaziy” stadionning zaxira maydonida o'tkaziladi. Bahsning boshlanish vaqti – 14:00ga belgilangan.

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR