logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 17:31
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ:
Real Madrid Fans Uzbekistan
Chiroyli.com - Tezkor yangiliklar
«Bunyodkor» OChL yo'llanmasi uchun kurashdan chiqdi. Qolganlarda imkoniyat qanday?

 26 NOYABR, 06:05 37

.

O'zbekiston kubogi yarim final bahslaridan so'ng 2022 yilda Osiyo chempionlar ligasida ishtirok etishga da'vogarlik qilayotgan klublardan biri safdan chiqdi. Bu — «Bunyodkor». O'zbekiston uchun OChLga ajratilgan ikkinchi yo'llanma uchun kurashayotgan 3ta klub qoldi. Ularning imkoniyatlarini ko'rib chiqamiz.

AGMK — chempionatda ikkinchi o'rinni egallashi va O'zbekiston kubogi finalida «Paxtakor»ning g'alabasiga umid qilishi kerak.

«Nasaf» — chempionatda ikkinchi pog'onani egallashi yoki O'zbekiston kubogi finalida g'alaba qozonishi kerak.

«So'g'diyona» — chempionatda ikkinchi o'rinni egallashi va O'zbekiston kubogi finalida «Paxtakor»ning g'alabasiga umid qilishi kerak.

Chempionatning yakuniy — 26-tur o'yinlari 27 noyabr, yakshanba kuni bo'lib o'tadi. AGMK hozircha 47 ochko bilan ikkinchi, «Nasaf» 45 ochko bilan uchinchi va "So'g'diyona" 44 ochko bilan 4-o'rinda bormoqda.

AGMK mavsumni 2-o'rinda yakunlash uchun «So'g'diyona»ni mag'lub etish talab etiladi. Olmaliqlarni durang ham qanoatlantirishi mumkin, agar «Nasaf» o'z maydonida «Lokomotiv»ni mag'lub etmasa.

«Nasaf» esa 2-pog'onani egallash uchun «Loko»ni mag'lub etgan holda, AGMKning «So'g'diyona» bilan o'yinda ochko yo'qotishini kutadi.

«So'g'diyona» kumush medal sovrindoriga ega bo'lishi uchun Olmaliqda AGMK ustidan g'alaba qozonib, «Nasaf»ning «Loko» bilan bahsda g'alaba qozonmasligiga umid qiladi.

Shuningdek, O'zbekiston kubogini «Paxtakor» qo'lga kiritadigan bo'lsa, chempionatda 3-o'rin ham muhim ahamiyatga ega bo'lishi mumkin. Bunday holatda chempionatda 2-o'rinni egallagan jamoa Osiyo chempionlar ligasi pley-off bosqichida ishtirok etadi. Bu jamoa OChL guruh bosqichi yo'llanmasini qo'lga kiritsa, chempionatimizda uchinchi pog'onani band etgan klub OFK kubogida ishtirok etadi. Buni qarangki, "Bunyodkor" 3-pog'onani egallash imkoniyatini ham qo'ldan chiqardi. Demak, "qaldirg'ochlar" har qanday holatda ham kelasi mavsumda xalqaro musobaqada ishtirok eta olishmaydi.

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR