logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 17:01
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ:
Real Madrid Fans Uzbekistan
Chiroyli.com - Tezkor yangiliklar
Prevyu: Kumush o'yin xushtagi tajribali hakam — Zokir Qodirovga topshirildi

 25 NOYABR, 23:35 34

.

Superligani yakunlovchi 26-turi doirasidagi AGMK - "So'g'diyona" uchrashuvi oldidan mazkur o'yin haqida olmaliqlikliklar tomonidan tayyorlangan prevyuni taqdim etamiz.

O'zaro o'yinlar tarixi haqida

— Mazkur jamoalar to'qnashuvlari tarixiga e'tibor qaratsak, bo'lajak o'yin jamoalarning 26-uchrashuviga aylanadi. Qayd etilgan natijalar ko'rsatkichi jizzaxliklar foydasida. O'tkazilgan bellashuvlarning 8tasida AGMK g'alaba qozongan bo'lsa, "So'g'diyona" hisobida 9 g'alaba mavjud. Qolgan 7 o'yinda esa durang qayd etilgan. To'plar nisbati ko'rsatkichi esa jamoamiz foydasiga: 37-33.


Raqib haqida

— "So'g'diyona" ayni paytda 25 o'yindan 44 ochko to'plagan holda jadvalda 4-o'rinni egallab turibdi. Ulug'bek Baqoev jamoasi joriy mavsum medallar uchun kurashmoqda. «So'g'diyona»da bronza yoki kumush medallariga egalik qilish imkoniyati bor. Shu sababdan ham raqib bo'lajak bahsda faqat g'alaba uchun o'ynaydi.

AGMKning turnir jadvalidagi holati haqida

— Jamoamiz mavsumni barqaror o'tkazmoqda. Bo'lajak o'yin mavsumdagi oxirgi uchrashuv bo'ladi. Ayni paytda jamoa hisobida 47 ochko mavjud va musobaqa jadvalida 2-o'rinni egallab turibmiz. Ehtimoliy g'alaba jamoamizga 2-o'rin va kumush medallarini kafolatlaydi.


Tayyorgarlik haqida

— AGMK 1 hafta ichida uchinchi o'yinni o'tkazish arafasida. Kubok doirasidagi 120 daqiqalik dramatik o'yindan keyin kumush medallari uchun bo'ladigan jiddiy bahsga tayyorgarlik ko'rish uchun jamoamizga to'liq mashg'ulot o'tkazish uchun 1 kun fursat bo'ldi. Shunga qaramasdan jamoa o'yin mas'uliyatini to'liq his etgan holda bo'lajak uchrashuvga jiddiy hozirlik ko'rmoqda.


Xushtak egasi

— Kumush o'yinni boshqarish tajribali referi Zokir Qodirov gardaniga tushdi. Mazkur tayinlov Zokir Qodirov uchun AGMK ishtirokidagi 17-bahsga aylanadi. Zokir Qodirov boshqargan o'yinlarda jamoamiz: 5 g'alaba, 3 durang va 8 mag'lubiyat qayd etgan.

Muhim o'yinni tajribali va jamoamizning etakchisi sanalgan Sanjar Tursunov diskvalifikatsiya tufayli o'tkazib yuboradi. Raqib jamoadan ham Sardor Qulmatov diskvalifikatsiya sababli bahsda ishtirok etmaydi.


Eslatib o'tamiz, Superliganing 26-turi doirasidagi "So'g'diyona"ga qarshi o'yin 27 noyabr kuni Olmaliq shahridagi OKMK sport majmuasida soat 15:00da boshlanadi.

Superliga, 26-tur.

27 noyabr, shanba.

AGMK — «So'g'diyona»
Hakamlar: Zokir Qodirov, Husniddin Shodmonov, Doniyor Saylalov, Doston Mirzaraimov
Nazoratchi: Marat Ismailov
VAR hakami: Akobirho'ja Shukurullaev
VAR assistent: Aleksandr Sidorov
VAR nazoratchisi: Vladislav Tseytlin
Komissar: Laziz Qo'chqorov

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR