logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 00:20
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ:
Real Madrid Fans Uzbekistan
Chiroyli.com - Tezkor yangiliklar
Sulsher Ronalduning qaytishi haqida gapirdi

 31 AVGUST, 16:35 105

.

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher Krishtianu Ronalduning transferi haqidagi taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.

"Krishtianuni ta'riflashga so'zlar etarli emas, u nafaqat ajoyib futbolchi, balki ajoyib inson.

Qachonki, odamda yuqori darajada o'ynash istagi va qobiliyati bo'lsa, uni to'xtatib qolish mushkul.

Hech shubha qilmaymanki, u bundan keyin ham barchamizni hayratda qoldiradi va uning tajribasi tarkibdagi yosh futbolchilar uchun juda muhim ahamiyat kasb etadi.

Ronalduning qaytishi klubning o'ziga xos yondashuvidan dalolat beradi. Uning barcha muvaffaqiyatlari boshlangan uyiga qaytganidan juda xursandman”, deydi Sulsher.

Eslatib o'tamiz, portugaliyalik 2+1 ko'rinishi bo'yicha shartnoma imzoladi.

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR