logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 20:07
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ:
Real Madrid Fans Uzbekistan
Chiroyli.com - Tezkor yangiliklar
Uzfutbol.net - Futbol yangiliklari
O'yin amaliyotisiz qolishi kutilayotgan Kavaniga La Liga grandidan taklif bor

 31 AVGUST, 15:40 137

.

«Manchester Yunayted» hujumchisi Edinson Kavani faoliyatini Ispaniyada davom ettirishi mumkin.

RAC1 jurnalisti Jerar Romero so'zlariga ko'ra, «Barselona» yozgi transferlar oynasi yopilishidan oldin forvardning transferi borasida muzokara o'tkazmoqchi.

Urugvaylik «Blaugranas» taklif etgan variantga rozi bo'lishi mumkin, chunki Krishtianu Ronaldu qaytgach, uning «qizil iblislar» safidagi o'rniga hech qanday kafolat yo'q.

34 yoshli Kavani 2020 yildan buyon «Manchester Yunayted» sharafini himoya qilib keladi. U 40 ta o'yinda maydonga tushib, 17 ta gol va 6 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Uning transfer qiymati 6 million evroni tashkil qiladi.

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR