logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 17:09
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

«Chelsi» klubi futbolchisi Rossiya chempionatiga yo'l oladi

 31 AVGUST, 10:20

«Chelsi» akademiyasi tarbiyalanuvchisi  Tino Anxorin Rossiyaning «Lokomativ Moskva» klubiga qo'shilishga yaqin turibdi. «Goal» nashrining xabariga ko'ra, o'smir futbolchi ijara asosida Rossiyaga yo'l oladi.

Bitim 17 million funt evaziga imzolanadi va keyinchalik sotib olish shartini ham o'z ichiga olgan. «Lokomativ» klubi rahbari Ralf Ragnik 19 yoshli futbolchining o'yinlariga qiziqish bildirgan.

U bir paytlar Tomas Tuxelning yordamchisi sifatida ishlagan edi. Xabarda aytilishicha, yarim himoyachi Anxorin yaxshi o'yin ko'rsatsa, «Chelsi» uni 34 million funtga qaytarib sotib olishi ham mumkin. Shartnomaga bu band ham ilova qilingan.

London klubi bu yozda ko'plab talantlarni sotib yubordi. Jumladan, Tammi Abrxam «Roma»ga 35 million evaziga qo'yib yuborilgan edi.

Manba: stadion.uz

butsanet

BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR