logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 20:02
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ:
Real Madrid Fans Uzbekistan
Chiroyli.com - Tezkor yangiliklar
Uzfutbol.net - Futbol yangiliklari
Eng yaxshi bokschi, eng yaxshi hakam yoxud Osiyo chempionati benefisimizga aylandi

 31 AVGUST, 10:15 64

.

BAAning Dubay shahrida boks bo'yicha o'smirlar va yoshlar o'rtasida Osiyo chempionati o'z yakuniga etdi. O'smirlarimiz ortidan yoshlar jamoamiz ham uni muvaffaqiyatli yakunlay oldi.

U-20 yosh toifasida o'tgan janglarda terma jamoamiz 8 ta oltin, 3 ta kumush va 6 ta bronza medallarini qo'lga kiritdi. Bu bilan yigitlarimiz ikkinchi, qizlarimiz esa o'z toifalarida birinchi o'rinni egallagan bo'lsalar, umumiy hisobda jamoamiz musobaqani ikkinchi o'rinda yakunladi.

Terma jamoamiz safida quyidagi bokschilarimiz sovrindor bo'lishdi:

Oltin:
-71 kg: A'loxon Abdullaev
-92 kg: Nusratbek Toxirov
+92 kg: Jahongir Zokirov

Kumush:
-51 kg: Ahmadjon Qo'ziboev
-67 kg: Samandar Solijonov
-86 kg: Diyorbek O'ralov

Bronza:
-48 kg: Muhammadqodir Mamirjonov.

Qizlarimiz safida esa sovrindorlar quyidagicha ko'rinish oldi:

Oltin:
-48 kg: Farzona Fozilova
-50 kg: Sabina Boboqulova
-52 kg: Feruza Kazakova
-57 kg: Nigina O'ktamova
-70 kg: Aziza Zokirova

Bronza:
-54 kg: Muxlisa Xushvaqtova
-60 kg: Ruxshona O'ktamova
-63 kg: Mohira Ahmedova
-81 kg: Sabohat Husanova
+81 kg: Xadichabonu Ergasheva.

Qayd etish joiz, jahon chempioni Nigina O'ktamova bu gal ham g'alaba qozonib, qizlar toifasida musobaqaning eng yaxshi bokschisi deb topildi.

Taniqli referimiz Aleksandr Hamidov esa erkak hakamlar orasida tengsiz bo'ldi. Eslatib o'tamiz, bundan avval o'smirlarimiz umumjamoa hisobida birinchi o'rinni egallagan edi.

Bir so'z bilan aytganda, mazkur qit'a chempionati biz uchun ulkan g'alabalar bilan yakunlandi.

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR