logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 16:15
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ:
Real Madrid Fans Uzbekistan
Chiroyli.com - Tezkor yangiliklar
O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi Belorusni penaltilar seriyasida mag'lubiyatga uchratdi

 31 AVGUST, 10:00 37

.

O'yinning 23-daqiqasida Murodjon Komilov jamoamizni oldinga olib chiqdi. Oradan 5 daqiqa o'tib vakillarimiz 2-golni ham kiritishga muvaffaq bo'lishgandi, biroq Chul Danila va Mokin Markning gollari evaziga birinchi bo'lim durang bilan yakunlandi, 2-2.

Uchrashuvning 64-daqiqasiga kelib darvozamiz tomon belgilangan penalti gol bilan tugadi. Shundan bir muddat o'tib, Iskandar Soliev muvozanatni tikladi, 3-3.

O'yinning asosiy taymlarida g'olib nomi aniqlanmadi. Futbolchilarimizning ishonchli va aniq harakatlari sabab penaltilar tseriyasida Belorus 2-4 hisobida taslim etildi.

«Viktor Bannikov» xalqaro xotira turniri

«B» guruhi 4-tur

Belorus 3-3 O'zbekiston
(penaltilar seriyasi 2-4)

Gollar: Murodjon Komilov 23ʼ, Muhammadali Zohidov 28ʼ, Chul Danila 35ʼ, Mokin Mark 43ʼ, Martynov Tsimofey (penalti) 64ʼ, Iskandar Soliev 76ʼ.

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR