logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 09:49
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ:
Real Madrid Fans Uzbekistan
Chiroyli.com - Tezkor yangiliklar
Boks. O'zbekiston yoshlari Osiyo chempionatini 8 ta oltin medal bilan yakunlashdi

 31 AVGUST, 09:45 40

.

Dubay shahrida boks bo'yicha yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionati o'z nihoyasiga etdi.

O'tgan kuni o'smirlarimiz ushbu musobaqada 9 ta oltin medal qo'lga kiritib, chempionatni umumjamoa hisobida birinchi o'rinda yakunlashgandi. Ushbu muvaffaqiyatli yurishni bugun ularning aka-opalari, ya'ni O'zbekiston yoshlar terma jamoasi vakillari davom ettirishdi.

Kecha final bellashuvlari yakuniga ko'ra, yoshlarimiz 8 ta oltin medal qo'lga kiritishdi. Shuningdek, bokschilarimiz 3 ta kumush va 6 ta bronza medallariga ham sazovor bo'ldilar. Ayniqsa, oltin medallarning 5tasini qizlarimiz qo'lga kiritishgani e'tiborga molik.

Terma jamoamiz safida quyidagi bokschilarimiz sovrindor bo'lishdi:

Oltin:
-71 kg: A'loxon Abdullaev
-92 kg: Nusratbek Toxirov
+92 kg: Jahongir Zokirov

Kumush:
-51 kg: Ahmadjon Qo'ziboev
-67 kg: Samandar Solijonov
-86 kg: Diyorbek O'ralov

Bronza:
-48 kg: Muhammadqodir Mamirjonov.

Qizlarimiz safida esa sovrindorlar quyidagicha ko'rinish oldi:

Oltin:
-48 kg: Farzona Fozilova
-50 kg: Sabina Bobokulova
-52 kg: Feruza Kazakova
-57 kg: Nigina O'ktamova
-70 kg: Aziza Zokirova

Bronza:
-54 kg: Muxlisa Xushvaqtova  
-60 kg: Ruxshona O'ktamova
-63 kg: Mohira Ahmedova
-81 kg: Sabohat Husanova
+81 kg: Hadichabonu Ergasheva.

O'zbekiston yoshlar terma jamoasi 1 sentyabr kuni soat 16:40da yurtimizga qaytib kelishadi. Ular Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali ravishda kutib olinishi rejalashtirilmoqda.

O'zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR