logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 01:00
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ:
Real Madrid Fans Uzbekistan
Chiroyli.com - Tezkor yangiliklar
Tokio-2020. Bugun Server Ibragimov bahslarda ishtirok etadi

 31 AVGUST, 09:15 20

.

Bugun avgust oyining so'nggi kunida 1 nafar hamyurtimiz Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o'yinlarida ishtirok etishi rejalashtirilgan.

Bundan biroz avval Server Ibragimov 10 metrga to'pponchadan o'q otish bo'yicha saralashda ishtirok etdi. Tajribali sportchimiz 6 ta urinishda jami 574 ochko to'plagan holda saralashda 4-o'rinni egalladi va final yo'llanmasini qo'lga kiritdi. U peshqadamlardan atigi 1 ochko ortda qolgan bo'lsa, 3-o'rindagi sportchi bilan bir xil ochko jamg'ardi.

Eslatib o'tamiz, Server Ibragimov ishtirokidagi final bahsi bugun Toshkent vaqti bilan soat 10:30 da boshlanadi. Hamyurtimizga omad tilaymiz.

Ma'lumot uchun, Server Ibragimov Rio-2016 yozgi Paralimpiya o'yinlari sovrindori hisoblanadi.

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR