logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 15:52
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ:
Real Madrid Fans Uzbekistan
Chiroyli.com - Tezkor yangiliklar
«MYu» nima uchun Ronalduni sotib olgani ma'lum bo'ldi

 31 AVGUST, 09:10 151

.

“Manchester Yunayted” portugaliyalikning “Manchester Siti”ga o'tishiga yo'l qo'ymaslik uchun Krishtianu Ronalduni sotib olishga qaror qildi, deb xabar beradi Manchester Evening News.

Manbaga ko'ra, Ronalduning “Manchester Siti” bilan aloqalari haqida bilgan, “Manchester Yunayted” rahbariyati futbolchi uchun kurashga qo'shilishga va uni to'xtatishga qaror qilgan. Dastlab “qizil iblislar” Krishtianuni sotib olishni rejalashtirmagan, chunki ular Edinson Kavanining shartnomasini uzaytirish va Jeydon Sanchoni sotib olish uchun ko'p pul sarflashgan. Ammo mankunianliklarning xo'jayinlari Ronalduning “Siti”ga o'tishi nafaqat raqibni to'g'ridan-to'g'ri kuchaytirish, balki jamoani jiddiy obro'sizlantirish bo'ladi, deb hisoblashdi. Shu sababli, portugaliyalikni “Old Trafford”ga qaytarish fikri paydo bo'ldi.

Qayd etilishicha, Ronaldu “Manchester Yunayted”dan qiziqish borligidan xabardor bo'lib, “Manchester Siti” vakillari bilan barcha aloqalarni uzgan.

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR