logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 09:53
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ:
Real Madrid Fans Uzbekistan
Chiroyli.com - Tezkor yangiliklar
«Barselona» Emersonga o'rinbosar topdi

 30 AVGUST, 23:35 101

.

«Barselona» klubi «Arsenal» himoyachisi Ektor Beleringa qiziqish bildirmoqda, deya xabar beradi jurnalist Janluka Di Martsio.

Manbaga ko'ra, Kataloniya klubi yozgi transferlar oynasi yopilgunga qadar futbolchini ijaraga olish niyatida.

«Barselona» tarkibida Belerin «Tottenxem»ga o'tadigan braziliyalik Emerson o'rnini egallashi kutilmoqda. Bundan tashqari, Ektor «kanonirlar» bosh murabbiyi Mikel Arteta bilan ham janjallashib qolgan.

26 yoshli Belerin «Barselona» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2013 yildan buyon «Arsenal»da o'ynab keladi, klubda 239 o'yin o'tkazib, 9 gol urdi va 29 ta golga uzatma berdi.

Uning klub bilan shartnomasi 2023 yilning yozigacha amal qiladi.

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR