logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 01:48
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ:
Real Madrid Fans Uzbekistan
Chiroyli.com - Tezkor yangiliklar
Runi: "Krishtianu hali ham eng yaxshi bo'lishni xohlaydi"

 30 AVGUST, 23:20 108

.

«Manchester Yunayted» va Angliya terma jamoasi sobiq hujumchisi Ueyn Runi Krishtianu Ronalduning «qizil iblislar» lageriga qaytishi haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

«Ole-Gunnar Sulsher endi futbolchilarni hisobga olgan holda katta sovrinlarni yutishi mumkin.

Ronaldu haliyam dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan biri bo'lib qolmoqda. Uning "Manchester Siti"ga o'tishi amalga oshmasligini his qilgandim.

Uning agenti o'z ishini yaxshi biladi. Agar Krishtianu bir daqiqaga "Siti"ga o'tib ketsa, "Yunayted" bunga aralashishi tabiiy edi.

Ronaldu o'zi o'ynagan har bir mamlakat chempionligini qo'lga kiritdi, Angliyada chempion bo'lish u uchun muhim bo'ladi.

Men uni markaziy hujumchi sifatida ishlatgan bo'lardim. Krishtianu hali ham eng yaxshi bo'lishni xohlaydi va ishonamanki, u bu mavsum "Manchester Yunayted"ga katta ta'sir ko'rsatadi», - dedi Runi.

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR