logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 00:35
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ:
Real Madrid Fans Uzbekistan
Chiroyli.com - Tezkor yangiliklar
«Barselona» Moriba transferini tasdiqladi

 30 AVGUST, 17:20 132

.

«Barselona» yarimhimoyachisi Ilaysh Moriba «RB Leyptsig»ga o'tgani ma'lum bo'ldi. Bu haqda Mundo Deportivo xabar beradi.

Manbaga ko'ra, nemis klubi futbolchini 15 million evroga transfer qilishga rozi bo'lgan. Bonuslar hisobiga bu miqdor oshishi ham mumkin. «Barselona» Moriba bilan shartnoma bir yildan keyin tugashini hisobga olib uni sotishga qaror qildi.

Ma'lumot uchun, 18 yoshli Moriba «Barselona» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U jami 18 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR