logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 17:04
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Futzal. 8ta gol urilgan o'yinda O'zbekiston Angolani mag'lub etdi (videosharh)

 30 AVGUST, 14:25

Litvada bo'lib o'tadigan futzal bo'yicha jahon chempionatiga tayyorgarlik ko'rayotgan O'zbekiston milliy jamoasi navbatdagi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazdi.

Bahodir Ahmedov shogirdlari kecha Angolaga qarshi o'rtoqlik o'yinida maydonga tushib, 5:3 hisobida g'alaba qozonishdi. Husniddin Nishonov "dubl"ga erishgan bo'lsa, Davron Choriev, Sunnatilla Jo'raev, Xushnur Erkinov o'z hisobiga bitta gol yozishdi.

Ma'lumot o'rnida. Angola terma jamoasi so'nggi Afrika chempionatida 3-o'rinni egallab, o'z tarixida ilk marta JChda ishtirok etadi.

Xalqaro o'rtoqlik uchrashuvi
O'zbekiston - Angola - 5:3
Gollar: Husniddin Nishonov 5ʼ, 10ʼ, Davron Choriev 19ʼ, Sunatulla Jo'raev 24ʼ, Xushnur Erkinov 39 — Prado 8ʼ, Osnan 13ʼ, Jo 19ʼ,

Manba: stadion.uz

butsanet

BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR