logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 10:07
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ:
Real Madrid Fans Uzbekistan
Chiroyli.com - Tezkor yangiliklar
O'smirlar terma jamoamiz Turkiyani mag'lubiyatga uchratdi

 30 AVGUST, 14:10 42

.

O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi “Viktor Bannikov” xalqaro turnirida Turkiya vakillariga qarshi bahs olib bordi.

O'yinning 31-daqiqasida Murodjon Komilov hisobni ochib, jamoamizni oldinga olib chiqdi. Ikkinchi bo'limning boshiga kelib Muhammet Ali O'zbashkiji muvozanatni tikladi, 1:1. Oradan 5 daqiqa o'tib Iskandar Soliev turklar darvozasini ishg'ol qildi, 2:1. Shundan keyin Azizbek Usmonovning goli evaziga hisob mustahkamlangandi, biroq 82-daqiqada Emirxan Kayar oradagi farqni qisqartirishga muvaffaq bo'ldi, 3:2. O'yin shu hisob bilan yakunlandi.

“Viktor Bannikov” xalqaro xotira turniri
«B» guruhi | 3-tur
O'zbekiston - Turkiya - 3:2
Gollar: Murodjon Komilov 31ʼ, Muhammet Ali O'zbashkiji 48ʼ, Iskandar Soliev 53ʼ, Azizbek Usmonov 70ʼ, Emirhan Kayar 82ʼ.

Vakillarimiz keyingi uchrashuvni Belorussiyaga qarshi o'tkazadi. O'yin bugun Toshkent vaqti bilan 17:00 da bo'lib o'tadi.

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR