logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 15:46
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Villian o'z yurtiga qaytib ketadi

 30 AVGUST, 12:40

"Arsenal" futbolchisi Villian Braziliyadagi jonajon klubiga yo'l olishga tayyor. Xabarlarga ko'ra, "Korintians" klubi sobiq futbolchisi uchun ikki yillik shartnoma tayyorlab qo'ygan.

Futbolchi ushbu klub safida ilk bor 2006 yilda debyut qilgan edi. Keyin esa 2007 yilda "Shahtyor Dontesk" bilan bitim tuzadi. Ukraina chempionatida 227 ta o'yin o'tkazgan futbolchi, 37 ta gol hamda 67 ta assist muallifiga aylanadi.

"Chelsi"dan taklif olgan Villian APLga keladi. U erda jami 339 ta uchrashuvda 63 ta gol hamda 62 ta pass muallifiga aylangan. Shunday natijalarga ega futbolchi yana o'z yurtiga qaytmoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR