logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 02:31
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ:
Real Madrid Fans Uzbekistan
Chiroyli.com - Tezkor yangiliklar
"Everton" Xitoydan hujumchi olib kelmoqchi

 30 AVGUST, 12:20 89

.

"Everton" klubi Xitoy  super ligasi vakili "Dalian Pro" klubidan Solomon Randonni xarid qilmoqchi. "Sky Sports" kanali xabariga ko'ra, liverpulliklar allaqachon sobiq "Vest Brom" hamda "Nyukasl" futbolchisi bilan muzokaralarga kirishgan.

Rafael Benitez fikricha, 31 yoshli kolumbiyalik hujumchi klub futbolchisi Dominik Kalvert -Lvin bilan yaxshi tandem hosil qilishi mumkin. Rondon 2018-19 yilgi mavsumda Benitez qo'l-ostida "Nyukasl"da harakat qilgan edi. U o'sha mavsum davomida 12 ta golni 33 ta bahsda kirita olgan.

Hujumchi Xitoyda 140 ta liga o'yinida 35 ta gol hamda 15 ta assistni amalga oshirgan. Avvalroq Xames Radrigezni "Portu"ga ijaraga berilishi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR