logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 07:07
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ:
Real Madrid Fans Uzbekistan
Chiroyli.com - Tezkor yangiliklar
Uzfutbol.net - Futbol yangiliklari
Yoshlar Olimpiya o'yinlariga asos solgan XOQning sobiq prezidenti dunyodan ko'z yumdi

 30 AVGUST, 10:20 30

.

2001-2013 yillar davomida Xalqaro Olimpiya qo'mitasini boshqargan taniqli inson Jak Rogge 79 yoshida vafot etdi.

Jak Rogge 1942 yil Beliyada tug'ilgan. U 1991 yil XOQ a'zosi, 1998 yil esa xalqaro qo'mitaning Ijrochi direktori lavozimida ishladi. 2001 yil Moskvada bo'lib o'tgan XOQning 112-Sessiyasida mazkur tashkilot prezidenti etib saylangan edi.

Bu inson faoliyati davomida, ayniqsa, dopingga qarshi kurash va yoshlar sportini qo'llab-quvvatlashi bilan yodda qoldi. Aynan uning boshqaruv davrida yoshlar Olimpiya o'yinlariga asos solindi.

XOQning ushbu sobiq rahbari atletlik davri davomida elkanli sport bilan shug'ullangan. Faoliyatida 16 bor Belgiya chempioni, jahon chempioni bo'lib, 3 bor Olimpiya o'yinlarida (1968, 1972, 1976) ishtirok etgan.

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR