logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 16:20
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ:
Real Madrid Fans Uzbekistan
Chiroyli.com - Tezkor yangiliklar
Para dzyudo bo'yicha umumjamoa hisobida 2-o'rinni egalladik

 30 AVGUST, 10:15 29

.

Xabaringiz bor, kecha Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o'yinlarida para dzyudo dasturi o'z nihoyasiga etdi.

E'tiborlisi, para dzyudochilarimiz 2 ta oltin, 2 ta kumush va 2 ta bronza medallarini qo'lga kiritgan holda umumjamoa hisobida 2-o'rinni egallashdi.

Shu o'rinda aytish lozimki, para dzyudo bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o'yinlariga jami 12 nafar sportchi bilan yo'l olgan edi. Shulardan 7 nafari erkaklar, 5 nafari ayollar. Afsuski, Tokio shahriga etib borgach, 3 nafar para dzyudochimiz – Lobar Xurramova, Sevinch Salaeva hamda Vasila Aliboevada koronavirus infenktsiyasi aniqlandi va shu sababli ular musobaqada ishtirok eta olishmadi.

Yana bir sportchimiz Shuhrat Boboev esa bronza medali uchun bellashuvni davom ettirayotgan edi, biroq kutilmagan jarohat tufayli u ham kurashdan chiqdi. O'ta og'ir vaznda yurtimiz sharafini himoya qilgan Shirin Sharipov esa hakamlar tomonidan raqibiga nisbatan qoidaga zid usulni qo'llagani uchun diskvalifikatsiya qilindi. Vaholangki, unda ham medal olish imkoniyati yuqori edi.

Shunga qaramasdan, tatamida haqiqiy iroda namoyish eta olgan O'zbekiston para dzyudochilari umumjamoa hisobida Buyuk Britaniya, Eron va Braziliya kabi terma jamoalarni ortda qoldirishga erishdi.


Erkaklar

-66 kg Uchqun Quronboev – oltin 
-73 kg Feruz Sayidov – oltin 
-81 kg Dovurxon Karomatov – kumush 
-100 kg Sharif Halilov – bronza 

Ayollar

-57 kg Parvina Samandarova – kumush 
-63 kg Nafisa Sheripboeva - bronza 

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR