logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 15:35
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ:
Real Madrid Fans Uzbekistan
Chiroyli.com - Tezkor yangiliklar
Kanchelskis “Navbahor” bilan bo'lgan vaziyat haqida gapirib berdi

 30 AVGUST, 10:10 43

.

O'zbekiston Superligasi ishtirokchisi “Navbahor” klubi rossiyalik murabbiy Andrey Kanchelskisga 1,6 million dollar to'laydi. Bu qaror FIFA tomonidan qabul qilindu.

Andrey Kanchelskis “Navbahor”da 2018 yil oktyabridan 2019 yilning iyunigacha ishlagan. O'sha yilning avgust oyida rossiyalik murabbiy yana jamoaga qaytdi va 2020 yil oktyabrgacha ishladi. Klub murabbiy bilan kelishilgan pullarni to'lab bermagach, Kanchelskis FIFAga murojaat qildi. Xalqaro futbol federatsiyasi murabbiyning shikoyatini ko'rib chiqdi va u haq ekanligi tog'risida bayonat berdi. Endi “Navbahor” 30 kun ichida murabbiyga qarzni berishi kerak bo'ladi.

Bu voqeadan keyin Match TV Kanchelskis bilan intervyu uyushtirdi.

– Shartnoma bekor qilinishining asosiy sababi nima edi ?

– Birinchidan, bu futbolda kuzatiladigan hodat. Sizga pul to'lanmaganidan keyin sabr ham tugaydi. Klubda ishlagan professional bo'lmagan hodimlar bilan ishlash ham bunga sabab bo'ldi. Futbol odami bo'lmagan shaxslar bilan bahslashish, ularni doimo nimanidir tushintirish vaqt o'tishi bilan jonimga tegdi. Men faqat muxlislarga achindim ularning klubini futbolga aloqasi bo'lmagan shaxslar boshqaryapti.

– Siz aytayotgan professional bo'lmaganlar kimlar ?

– Bular klub ichiga kirib qolgan oddiy tadbirkorlar. Bunaqa holat Rossiya klublarida ham uchrab turadi. Boshqa sohadagi ba'zi insonlar sizga futbolni tushintirmoqchi bo'lishadi.

– Siz aytib o'tgan ishbilarmonlar sizni jamoaga taklif qilgan shundaymi ?

– Yo'q, men Namangan viloyati hokimi bilan muzokara olib borgandim, keyin u boshqa lavozimga o'tib ketdi. Men u erda bo'lganimda, klubda uch marta rahbar o'zgardi. Rahbariyatning o'zgarishi har doim ham ijobiy ta'sir ko'rsatmaydi. Ikkinchi murabbiy Aleksey Belenkov bilan birgalikda biz bunga e'tibor bermaslikka harakat qildik va maksimal darajada ishladik. Natijada Belenkov tushunarsiz narsada ayblanib, ishdan bo'shatildi. Shuningdek, u ham FIFAga shikoyat bilan chiqdi va ijobiy qarorni kutmoqda.

– U sizdan ancha oldin shikoyat qilgandi siz Kanchelskis bo'lganingiz uchun tezroq echim topdingizmi ?

– Yo'q, aslo unday emas. FIFA uning masalasida allaqachon qaror qabul qilgan. Hozirda CAS qarori kutilmoqda.

– Klub o'zingiz bilan kelishib ko'rishga urinmadimi ?

– Mening shartnomamdagi miqdordan tashqari ular yana 200 ming dollar kompensatsiya berishi kerak edi. Bu qo'shimcha pulning ichida mening salomatligim va qo'shimcha xarajatlar ko'zda tutilgandi. Men yon berishga tayyor edim, lekin hozir hech qanday murosaga kelish mumkin emas. Ular menga Toshkentdagi xususiy klinikada koronavirus bilan davolanish uchun sarflagan mablag'imni hali ham qaytarishmadi, garchi bu bir yil oldin bo'lgan bo'lsa-da. Aytgancha, davolanish shartnomada ko'rsatilgan edi. Mana shunday munosabatda bo'lishdi. Endi ular o'zlaring variantlari bilan oldimga kelishyapti, lekin bu masala men uchun yopilgan.

– Bu voqea klubga qanday ta'sir ko'rsatishi mumkin ?

– “Navbahor” qanday choralar ko'rishini bilmayman. Men odamlar bunday harakatlarga yo'l qo'yilmasligini tushunishini istardim. Ulaf FIFA va CAS kabi tuzilmalar borligini tushunishini istardim.

– Ijtimoiy tarmoqlarning o'zbek segmentida “Navbahor” rahbariyati sizni ichkilikbozlikda ayblayotganini yozishdi. Bu qanchalik haqiqatga yaqin ?

– Ular ham nimadir deb, o'zlarini oqlashi kerak-ku. Men doim “Navbahor” bazasida yashaganman siz aytgan holat kuzatilganda futbolchilar buni ko'rgan bo'lishardi. Agar men bilan ishlagan bironta futbolchi bu gapni aytsa, bu tuhmatdan boshqa narsa emas.

– “Navbahor”ga qaytganingizdan afsuslanmaysizmi ?

– Qachonki siz bilan viloyat hokimining shaxsan o'zi gaplashib, jamoaga taklif qilganda rad javobini berish qiyin bo'ladi. Printsipial jihatdan men hech qanday pushaymon emasman. Pandemiyadan oldin biz yaxshi natijalarga erishdik, biz uchinchi o'rinda edik. Keyin, butun jamoa koronavirus bilan kasallandi, qiyin davr boshlandi va rahbariyat qo'llab-quvvatlash o'rniga, negativ fikrlar bildira boshladi. Klubning og'ir moliyaviy ahvolini tushunib, maoshimni ham qisqartirishga rozi bo'ldim. Ammo ular buni ham inobatga olishmagan ko'rinadi.

– “Navbahor”dagi ishingizni qanday baholaysiz ?

– Menga o'z ishimni baholash qiyin. Men klubda bo'lganimda, uchta futbolchi terma jamoaga, yana bittasi Olimpiya terma jamoasiga chaqirilgan. Urunov hatto Rossiya chempionatiga ko'chib o'tdi.

Natijalarga kelsak, “Paxtakor”ga qarshi jang qilish juda qiyin bo'ldi. Garchi biz unga har safar jang taklif qilgan bo'lsak ham. Muxlislarga rahmat! Ular juda qiziqqon, lekin adolatli. Ularga salomatlik tilayman. Afsuski, shunday holat yuz berdi.

– O'zbekiston futbol rahbariyatiga qanday maslahat berardingiz ?

– Biz professional klublar boshqaruvida nimalar bo'layotganini yaqindan kuzatib borishimiz kerak. Hukumat pulini oladigan ba'zi jamoa rahbarlari uni samarasiz sarflamoqda. Ya'ni, musobaqalar va klublarni boshqarishda professional bo'lmagan menejmentni ko'ramiz. Bu borada o'zbek futboli darajasida pasayish kuzatilmoqda. Vaziyat Rossiyada ham xuddi shunday.

Professionallar etarli emas. O'zbekiston futbol federatsiyasi rahbariyati mentalitet, imkoniyatlar, maqsadlarni hisobga olgan holda o'yinni rivojlantirish bo'yicha kompleks dastur ishlab chiqishi zarur.

O'zbekistonda futbolni yaxshi ko'rishadi va qanday o'ynashni bilishadi. Zaxirani tayyorlashning samarali tizimini yaratish va Evropaning kuchli ligalariga futbolchilarni eksport qilishni yo'lga qo'yish imkoniyatlari ularda ham mavjud. Masalan, Ahmedov, Shomurodov yoki Urunovni olaylik. Afsuski, O'zbekistonda professional menejerlarni tayyorlash darajasini yaxshilash uchun sharoit yaratilmagan. Men o'z tajribamdan amin bo'ldimki, federatsiya va liga rahbariyati ta'lim dasturini ishlab chiqishni boshlashi va o'zbek futboli faxriylarini menejment, iqtisodiyot va sport huquqi bo'yicha o'rgatish kerak.

Noprofessionalik va ochko'zlik raqobatning rivojlanishiga to'sqinlik qiladi. Shu bilan birga, mamlakatda havas qilarli rahbarlar ham bor, lekin futbolni tushunadigan va unga g'amxo'rlik qiladigan sifatli menejerlar etishmayapti. Hamma umid shunday kadrlarni tarbiyalashdan iborat.

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR