logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 02:14
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ:
Real Madrid Fans Uzbekistan
Chiroyli.com - Tezkor yangiliklar
Moliyaviy cheklovlar ortidan: Yulduzlar xitoydan ketishmoqda...

 30 AVGUST, 08:25 146

.

Jahon futboli yulduzlari Xitoy Superligasidan yoppasiga yuz o'girishmoqda. Bunga mamlakat futbolida qo'llanilayotgan moliyaviy cheklovlar sababdir. Bundan bir necha yil avval Xitoy elit ligasi klublari futbol bozorida katta larzani yuzaga keltirib, Evropa va Lotin Amerikasidan ko'zga ko'ringan o'yinchilarni birin-ketin taklif qilishga tushgandi. Ammo 2020/2021 yillar mavsumiga kelib, yulduzlar ommaviy ravishda Xitoydan ortga qayta boshlashdi. Ayni payt mahalliy Superligada Oskar, Maruan Fellayni va bir qator saviyasi uncha yuqori sanalmagan legionerlar qolishdi, xolos...

Gap shundaki, 2021 yili Xitoy Superligasining rivojlanish vektori o'zgartirildi. Jumladan, yanvar oyidan e'tiboran futbolchilarga maosh to'lash masalasida yangi cheklovlar joriy etildi. Ayni shu omil xorijliklarni mahalliy ligadan qochishlariga sabab bo'ldi. Yulduzlarni ketishga majbur qilgan yangi qoidaning asosi: legionerlar uchun to'lanadigan yillik maosh miqdori 3 million evrodan oshmasligi kerak (bonuslar hisobga olinmaydi). Oddiy misol, «Shanxay SIPG»ning braziliyalik yarim himoyachisi Oskar shuncha pulni atigi 7 haftada topardi (haftasiga chamasi 450 ming evro). Klublar faqat amalda shartnomasi bor legionerlarga avvalgi tizim bo'yicha maosh to'lashi mumkin. Bunda 3 yilgacha bo'lgan shartnomaga ko'ra, cheklovdan chetga chiqish imkoni bor.

Shuningdek, umumiy cheklovga moslashish lozim — butun jamoa uchun chamasi 75 million evro (600 million yuan) ajratilgan, shundan faqat 10 millioni legionerlarga sarflanishi mumkin. Bu erda asosiy «syurpriz» — ish haqi bo'yi­cha barcha xarajatlar, jumladan, bonuslar ham umumiy cheklov ichida. Agar maosh to'lovi belgilangan me'yordan oshib ketsa, jamoa 24 ochkodan mahrum qilinadi va hattoki, futbolchi Xitoy bayrog'i ostidagi musobaqalardan chetlashtirilishi ham mumkin. Ammo legio­nerlar uchun limit yumshatildi — 5 nafar xorijlikni ro'yxatdan o'tkazish va ulardan 4 nafarini bir vaqtda maydonga tushirishga ruxsat berildi.

Shunga qaramay, mahalliy mutaxassislar klublarning yangi qoidalardagi bo'shliqlarni osongina topishiga shubhalanishmayapti, xuddi 2018 yili Sedrik Bakambu transferi bilan bo'lgani kabi. O'shanda «Vilyarreal» futbolchi uchun 40 million evro olgandi, biroq mablag' xaridor klub emas, balki uchinchi shaxs tomonidan to'langan. «Pekin Guoan» shu tariqa soliq to'lovidan qochgandi, chunonchi, klub hujjatlarda transferga pul sarflamagan. Biroq endi bunday «hiyla» bilan futbolchilarni ishontirish qiyin-ov...

Qish-2020

Yaya Ture

Faoliyatini tugatdi

 

Esekel Lavessi

Faoliyatini tugatdi

 

Xaver Maskerano

«Estudiantes»ga o'tdi

 

Yannik Ferreyra Karrasko

«Atletiko»ga o'tdi (ijara)

 

Yoz-2020

 

Karlos Jil

«Korintians»ga o'tdi

 

Freddi Guarin

«Vasko da Gama»ga o'tdi

 

Eran Zaxavi

PSVga o'tdi

 

Avvalroq ketganlar

Jekson Martines

Erkin agent

 

Jervino

Erkin agent

 

Aleshandro Pato

Erkin agent

 

Xonatan Soriano

Erkin agent

 

Demba Ba

Erkin agent

 

Ramires

Erkin agent

 

Aksel Vittsel

«Borussiya» (D.)ga o'tdi

 

Qish-2021

Xalk

«Atletiko Mineyro»ga o'tdi

 

Aleks Teysheyra

Erkin agent

 

Salomon Rondon

TsSKA (M.)ga o'tdi (ijara)

 

Stefan al Shaaravi

«Roma»ga o'tdi

 

Gratsiano Pelle

«Parma»ga o'tdi

 

Odion Igalo

«Al-Shabab»ga o'tdi

 

Marek Gamshik

«Trabzonspor»ga o'tdi

 

Yoz-2020

Paulino

«Al-Ahli»ga o'tdi

 

Anderson Taliska

«Al-Nasr»ga o'tdi

 

Eder

«San-Paulu»ga o'tdi

 

Renato Augusto

«Korintians»ga o'tdi

 

Romulo

«Vasko da Gama»ga o'tdi

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR