logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 18:20
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ:
Real Madrid Fans Uzbekistan
Chiroyli.com - Tezkor yangiliklar
APL. «MYu» «Vulverxempton» ustidan qiyin g'alabaga erishdi

 29 AVGUST, 22:35 52

.

«Manchester Yunayted» Angliya chempionatining 3-turi doirasida «Vulverxempton» mehmoni bo'lib, qiyin g'alabani qo'lga kiritdi.

Ole-Gunnar Sulsher jamoasi birinchi bo'lim davomida raqib darvozasi tomon birorta aniq zarba yo'llay olmagan bo'lsa, mezbonlar "MYu" darvozasi tomon yo'llagan 9ta zarbaning 3tasi aniq chiqdi.

Ikkinchi bo'limda esa "Vulvz" g'alabani o'z tomoniga ag'darishi mumkin edi. Bir vaziyatda Trinkau yo'llagan zarbaga biroz aniqlik etishmagan bo'lsa, ikkinchi vaziyatda De Xea muqarrar goldan qutqarib qoldi.

O'yin taqdirini esa Grinvudning individual harakati va biroz omad hal qildi. Meyson chap qanotdan o'tkir burchak ostida zarba yo'lladi, to'p "Vulverxempton" darvozaboni oyog'iga tegib to'rga borib tushdi.

Ushbu g'alabadan keyin "MYu" o'z ochkolarini 7taga etkazib oldi.

Angliya premer-ligasi, 3-tur
Vulverxempton – Manchester Yunayted 0:1 (0:0, 0:1)
Gol: 0:1 – 80 Grinvud.
Vulverxempton – Joze Sa, Semedu, Koudi (Gibbs-Uayt, 87), Saiss, Kilmen, Marsal, Moutinyu, Ruben Nevesh, Ximenes, Traore (Fabiu Silva, 87), Trinkau (Podense, 70).
Manchester Yunayted – De Xea, Uan-Bissaka, Varan, Maguayr, Shou, Pogba, Fred, Brunu Fernandesh, Sancho (Marsyal, 72), Jeyms (Kavani, 53), Grinvud (Diogu Dalot, 90).
Ogohlantirishlar: Brunu Fernandesh (44), Ruben Nevesh (81), Saiss (84), Fred (84), Gibbs-Uayt (90), Pogba (90), Diogu Dalot (90).

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR