logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 08:22
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ:
Real Madrid Fans Uzbekistan
Chiroyli.com - Tezkor yangiliklar
La liga. «Barselona» o'z uyida «Xetafe»ni kichik hisobda mag'lub etdi (videosharh)

 29 AVGUST, 22:15 62

.

Ispaniya chempionatining 3-turi doirasida «Barselona» o'z uyida «Xetafe»ni qabul qilib, qiyin g'alabani qo'lga kiritdi.

Kataloniyaliklar bahsning 2-daqiqasida uyushtirilgan ilk hujumdayoq hisobni ochishga muvaffaq bo'lishdi. Alba chap qanotdan etkazilgan uzatmani Breytueyt ataylab o'tkazib yubordi. Uning ortidagi Serji Roberto esa yaqin masofadan darvozani ishg'ol qildi.

Mehmonlar esa bahsning 18-daqiqasida chiroyli kombinatsiya tashkil qilib, hisobni tenglashtirishdi.

Oradan ko'p o'tmasdan, uchrashuvning 30-daqiqasida Memfiy Depay raqib jarima maydoniga kirdi va ikki himoyachi orasidan to'pni o'tkazib, darvozabonning yaqin burchagini zabt etdi.

Ikkinchi bo'lim boshida "Xetafe" bir nechta xavfli vaziyat yaratdi. Dastlabki zarbani ter Shtegen qaytargan bo'lsa, keyingi zarbalarga aniqlik etishmadi.

Bahs so'ngida "Barsa" o'yin taqdirini ertaroq hal qilib qo'yish imkoniyatiga ega bo'ldi. Arauxo gol urgan vaziyat ofsayd tufayli bekor qilingan bo'lsa, Depay qulay vaziyatdan darvozani ishg'ol qila olmadi.

Shunga qaramay, "Barselona" g'alabani saqlab qoldi va o'z ochkolarini 7taga etkazib oldi.

Ispaniya chempionati, 3-tur
Barselona – Xetafe 2:1 (2:1)
Gollar: 1:0 – 2 Serji Roberto, 1:1 – 18 Sandro Ramires, 2:1 – 30 Depay.
Barselona – ter Stegen, Emerson (Dest, 63), Langle, Arauxo, Alba, Mingesa, Serji Roberto (Gavi, 74), Buskets, de Yong, Grizmann, Breytueyt (Niko Gonsales, 74), Depay.
Xetafe – Soriya, Iglesias (Suares, 46), Mitrovich, Jene, Olivera, Alenya (Timor, 61), Yankto, Akurugu, Maksimovich, Arambarri, Sandro Ramires (Mata, 61), Unal (Masias, 76).
Ogohlantirishlar: Alenya (21), Arauxo (27), Depay (62), Langle (86).

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR