logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 16:24
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ:
Real Madrid Fans Uzbekistan
Chiroyli.com - Tezkor yangiliklar
Ronaldu Angliyada eng ko'p maosh oluvchi futbolchiga aylandi

 29 AVGUST, 17:15 243

.

Krishtianu Ronaldu APL tarixidagi eng ko'p maosh oluvchi futbolchiga aylanadi. "Telegraph" nashrining xabariga ko'ra, portugaliyalikning qaytishi, uni rekord darajada maosh bilan ta'minlashi mumkin.

Ronalduning eski jamoadoshi Rafael Varanning "MYu"ga ko'chishi, uni APLda eng katta maosh egasiga aylantirgan edi. Uning xizmatlari haftasiga 400 ming funt etib belgilangan.

Endi esa Ronaldu bu nomga sazovor bo'ladi. U haftasiga 500 ming funt maosh bilan ta'minlanadigan bo'ldi. Bu APLda eng yuqori ko'rsatkich hisoblanadi. Bundan oldin faqat "MYu"ning sobiq o'yinchisi Aleksis Sanchezgina shunga yaqin maosh olar edi.

Dunyo bo'yicha esa Leo Messining maoshi mutlaq etakchilikka ega. Unga Parijda haftasiga qariyb 1 million funt haq beriladi.

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR