logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 08:32
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ:
Real Madrid Fans Uzbekistan
Chiroyli.com - Tezkor yangiliklar
Uzfutbol.net - Futbol yangiliklari
«Yuventus»da Krishtianu Ronalduning o'rnini bosishi mumkin bo'lgan 5 futbolchi

 29 AVGUST, 15:00 187

.

Krishtianu Ronaldu “Yuventus”dagi faoliyatini yakunlagani hammaga ma'lum bo'lib ulgurdi. 2018 yilda portugaliyalik futbolchining Turinga ko'chib o'tishi muxlislarni qanchalik xayratda qoldirgan bo'lsa, ketish ham deyarli shunday bo'ldi. Klubdagi faoliyati davomida Krishtianu Ronaldu turli turnirlarda 134 ta o'yinda 101 ta gol urdi va 22 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

“Yuventus” bir necha yil ichida o'z ramziga aylangan futbolchini yo'qotdi. Turinliklarda uning pozitsiyada o'ynay oladigan futbolchi yo'q. Transfer oynasi yopilishiga esa sanoqli kunlar qoldi. “Yuventus”da chinakam muammoli vaziyat paydo bo'ldi, chunki ular har mavsumda 20 dan ortiq gol urgan futbolchining o'rnini to'ldirishi kerak. Bu balki, imkonsizdir. Ushbu maqolada Krishtianu Ronalduning o'rniga jamoaga olib kelinishi mumkin bo'lgan beshta futbolchi bilan tanishasiz.

Dushan Vlahovich

“Yuventus” yozgi transfer oynasida Dushan Vlahovichga bir necha bor qiziqayotgani aytildi.

21 yoshli futbolchi A Seriyaning 2020/21 yilgi mavsumida eng yaxshi hujumchilardan biri bo'lib, unchalik ham ko'p gol urmaydigan “Fiorentina” tarkibida 2 gol urishga erishgandi. Vlahovich “binafsharanglar”ning o'tgan mavsum Italiya chempionatidagi gollarining 44%dan ko'prog'ida bevosita qatnashdi va qit'aning eng umidli hujumchilaridan biriga aylandi.

“Atletiko Madrid”, “Tottenxem”, “Manchester Siti” va “Liverpul” kabi jamoalar serbiyalik futbolchini o'z saflarida ko'rishni xohlab qolishdi. Turli manbalarga ko'ra, Vlahovich har qaysi klubga 50 million evrodan kam pulga o'tmaydi. Dushan Vlahovichning ko'p harakatlari aynan Krishtianu Ronaldunikiga o'xshab ketadi. Biroq, u hozircha birgina mavsumda yorqin harakatlar bilan esda qoldi. Kelgusida futbolchi o'sishda davom etadimi yo'qmi, bu esa so'roq ostida.

Mauro Ikardi

PSJ transfer oynasida jahon futbolida katta nom qozongan futbolchilarni jalb qildi, ularning maoshlari ham shunga yarasha bo'lishi tabiiy.

Bu yozgi transfer oynasining qolgan kunlarida bir nechta futbolchilarni sotishga sabab bo'lishi ham mumkin. Chiqish eshigi ko'rsatiladigan futbolchilardan biri Mauro Ikardi bo'lishi mumkin. Chunki parijliklar tarkibida hujumchilar keragidan ko'proqdek.

Shunday qilib, Maurisio Pochettino o'z vatandoshini ortiqcha deb hisoblay boshlasa, Ikardi Italiya futboliga qaytishi mumkin. Janluka Di Martsio va boshqa manbalarga ko'ra, “Yuventus” sermahsul to'purarga katta qiziqish bildirmoqda. “Yuventus” Ikardini ijaraga olish variantini ham ko'rib chiqilyotgani aytilmoqda.

Per-Emerik Obameyang

Per-Emerik Obameyang “Chelsi” va “City”ga qarshi o'yinlarda maydonda borligi umuman sezilmadi. Bir nechta manbalarga ko'ra, Per-Emerik Obameyang yozgi transfer oynasi oxirigacha “Yuventus”ga ketishi mumkin.

Gabon terma jamoasi futbolchisi so'nggi bir necha yil mobaynida, ayniqsa, yangi shartnoma imzolangandan so'ng, Londonda qiyinchiliklarga duch kelyapti. So'nggi paytlarda Obameyang o'zining to'purarlik qobilyatini ko'rsata olmayapti. Esingizda bo'lsa, u 2018-19 yilgi mavsumda Premer-liganing “Oltin butsa”sini qo'lga kiritgandi.

32 yoshli futbolchi yangi jamoaga o'tsa eski o'yinini tiklab ham olar. Bu borada “Yuventus” unga o'z kuchiga bo'lgan ishonchni qaytarib berishi mumkin. Obameyang “kanonirlar” safida 151 uchrashuvda 88 gol kiritib, 20 golli uzatmani amalga oshirgan. Obameyang “Vest Bromvich”ga qarshi liga kubogi o'yinida o'zining hali ham yaxshi sport formasida ekanligini ko'rsatib qo'ydi. U Shimoliy London derbisida xet-trik qayd etdi.

Moyze Kin

Moyze Kin o'tgan mavsumda ijara asosida PSJ tarkibida bo'lgan vaqtda uning maydondagi o'yin vaqti cheklangan edi, lekin hozir u “Everton”ga qaytgan.

2020/21 yilgi mavsumda Parij jamoasi safida 41 uchrashuvda italiyalik yosh hujumchi 17 gol urdi. Kinning “Yuventus”ga qaytishi boshqa ehtimollardan yaqin bo'lishi mumkin. Chunki u aynan “Yuventus” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.

“Yuventus”dagi 8 yillik faoliyatdan so'ng, Kin asosiy tarkibda ko'proq daqiqalarini o'tkazish uchun Angliyaga jo'nab ketdi. Ammo uning “Everton”ga o'tishi rejalashtirilgandek bo'lmadi, u butun mavsum davomida PSJ tarkibida harakat qildi. “Everton”jamoasi Kinga ketishiga ruxsat berishi mumkin, chunki 21 yoshli futbolchi hali boshlang'ich tarkibda o'z o'rnini egallamagan.

Moyze Kin joriy mavsum “Everton” safida 59 daqiqa o'ynadi va so'nggi xabarlarga ko'ra, “Yuventus” uning jamoaga qaytishiga qiziqish bildirmoqda. Fabritsio Romanoning so'zlariga ishonadigan bo'lsak, u jamoa bilan shaxsiy kelishuvga erishib bo'lgan.

Eden Azar

“Real Madrid”dagi omadsiz ikki mavsumdan so'ng, Eden Azar, ayniqsa jamoaning moliyaviy ahvoli og'irligi sabab jamoani tark etishi mumkin.

Eden Azar “Real Madrid” tarkibida biron-bir uchrashuvda o'zining eng yaxshi o'yinini ko'rsata olmayapti. Shu sababli u asosiy tarkibda o'z o'rnini egallash uchun kurashmoqda. Jarohatlar tufayli uzoq vaqt futboldan chetda bo'lgani uning Madriddagi faoliyatining muhim davridagi o'yinlarda ishtirokini cheklab qo'ydi. Jamoada Vinisius Junior, Garet Beyl, Rodrigo va Luka Yovich singari futbolchilar ko'pincha belgiyalik futbolchidan ustun ko'rilyapti.

Bu Azarni transferlar oynasi yakuniga qadar asosiy tarkibda maydonga tushishi mumkin bo'lgan jamoaga o'tish ehtimolini oshiradi. Marca'ning xabariga ko'ra, Eden Azar “Yuventus”ning birinchi raqamli maqsadi. Krishtianu Ronaldu o'rni uchun Azar eng zo'r o'rinbosar hisoblanadi.

Ta'kidlash joizki, Ispaniya poytaxtida futbolchi ikki mavsum davomida atigi 45 o'yin o'tkazdi.

Ruslan Maksimov tayyorladi

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR