logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 01:12
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ:
Real Madrid Fans Uzbekistan
Chiroyli.com - Tezkor yangiliklar
Tokio-2020. Dzyudochilarimiz finalga chiqa olishmadi, ikki sportchimiz bronza uchun kurashadi

 29 AVGUST, 10:05 31

.

Tokioda davom etayotgan paralimpiya o'yinlarida bugun 4 nafar dzyudochimiz ishtirok etishi ko'zda tutilgan edi. Sportchilarimizdan hech bir finalga chiqa olmadi. Hamyurtlarimizning ikki nafari kechki dasturda bronza medali uchun tatamiga chiqadigan bo'ldi.

Erkaklar o'rtasida -100 kg vazn toifasida hamyurtimiz Sharif Xalilov bronza medali uchun o'tish bahsida yaponiyalik Yoshikazu Matsumotoga qarshi tatamiga chiqdi. Hamyurtimiz mezbon sportchiga hech qanday imkon qoldirmadi va ippon bahosi evaziga g'alaba qozondi. Endi Sharif Xalilov bronza medali uchun braziliyalik Tenerio da Silvaga qarshi bahs olib boradi.

Erkaklar o'rtasida +100 kg vazn toifasida hamyurtimiz Shirin Sharipov yarim finalda gruziyalik Revaz Chikoidzega qarshi bellashdi. Afsuski, “Oltin ochkolar”ga qadar davom etgan kurashda Sharipov hakamlar tomonidan 3 marta ogohlantirildi va shuning evaziga mag'lub bo'ldi. Endi Shirin Sharipov bronza medali uchun ozarboyjonlik Ilhom Zakievga qarshi tatamiga chiqadi.

Erkaklar o'rtasida -90 kg vazn toifasida yurtmiz sharafini himoya qilayotgan Shuhrat Boboev bronza medali uchun o'tish bahsida qozog'istonlik Janbota Amanjolga imkoniyatni boy berib qo'ydi.

Ayollar o'rtasidagi 70 kg. vazngacha bo'lgan Vasila Aliboeva esa janglarda ishtirok etmadi.

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR